
Jaloliddin Masharipov: Saudiya Arabistoni bilan bellashuvdan so‘ng muxlislarimiz oldida uyatli bo‘lib qoldik
O‘zbekiston - Falastin uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Jaloliddin Masharipov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ertaga eng muhim o‘yinlardan birini o‘tkazamiz, deb o‘ylayman. Futbolchilar bu uchrashuvning ahamiyatini tushunib turishibdi. Saudiya Arabistoni bilan bellashuvdan so‘ng muxlislarimiz oldida uyatli bo‘lib qoldik. Shu bois ishqibozlarni yana stadionga qaytarish uchun g‘alaba qozonib, ularni xursand qilishga harakat qilamiz, - dedi Masharipov.
Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘yin ertaga 17:00da boshlanadi.
Fikrlar