Jaloliddin Masharipov: O‘yin boshidan ikkinchi bo‘limdagidek o‘ynashimiz kerak edi
O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 2-saralash bosqichining so‘nggi turida Saudiya Arabistoniga yirik 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi va mundialdan bu safar ham quruq qoldi. Uchrashuvdan keyin yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov Saudiya nashriga intervyu berdi.
– Qiyin bahs bo‘lishini kutgandik. Bu turnirga kelishdan avval ikki o‘yinda g‘alaba qozonishimizga yigitlarda ishonch bor edi. Uchinchi uchrashuv biz uchun finalga teng edi. Bu o‘yinga qattiq tayyorgarlik ko‘rib yuborganimiz bizga minusga ishladi.
Oshiqcha ishtiyoq sababli birinchi bo‘limda o‘ynimiz o‘xshamadi. Ikkinchi taymda o‘z futbolimizni o‘ynadik. Termamiz baribir to‘p bilan yaxshi harakat qilamiz. Gollar ham xatolarimizdan so‘ng urildi. O‘yin boshidan ikkinchi bo‘limdagidek o‘ynashimiz kerak edi", - dedi futbolchi.



Fikrlar