Jaka yozda "Inter"ga o‘tishi mumkin
Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Granit Jaka "Inter"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “neradzurrilar” 26 yoshli shveytsariyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olishga urunib ko‘rishmqochi. Biroq, bu ularga oson bo‘lmasligi mumkin. Chunki, “kanonirlar” ustozi Unai Emeri uni tarkibda olib qolmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Jaka “Arsenal”dan ko‘ra kuchliroq jamoaga o‘tish niyatida ekanligini aytib o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Jaka “Arsenal”ga kelguniga qadar “Borussiya” Myunxengladbax va “Bazel” kabi jamoalarda o‘ynagan. U joriy mavsum 32ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar