Jaka "Roma"ga o‘tmaydi!

  • 3 avgust, 2021, 20:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi Shveytsariya terma jamoasi sardori Granit Jaka bilan shartnomani uzaytiradi.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Jaka va “Arsenal” o‘rtasidagi yangi kelishuv 2025 yilga qadar tuziladi va u tez orada imzolanishi kutilmoqda. Tomonlar muzokaralarning so‘nggi bosqichida ekani aytilmoqda.

Bundan avvalroq Granit shu yoz "Roma"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jaka o‘tgan mavsum premer-ligada 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
03/08/2021 22:48
Ромада Элдор бор Жака ларга не хожат. Таркиб яхши шундоқ ҳам. Маур бор етади.