Jahonning eng mashhur MMA zallari bilan tanishing

  • 17 mart, 2020, 20:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Hozirgi kunga kelib, sport olamida MMA tobora ommaviylashib bormoqda. Ayniqsa, UFC, Bellator, ONE Championship promoushenlari o‘tkazayotgan turnirlar butun jahon sport hamjamiyatining, muxlislarning diqqat-e’tiborida bo‘lmoqda.

Tecno

Shubhasiz, ushbu promoushenlarda o‘z janglarini o‘tkazayotgan atletlarni, chempionlarni barcha yaxshi biladi. Hozirgi kunga kelib, istalgan insondan Xabib Nurmagomedov yoki Konor MakGregor haqida so‘rasangiz, UFC jangchilari ekanligini aytishadi. Lekin ularning murabbiylari, qaysi sport zalida mashg‘ulotlar o‘tashi borasida esa aniq va to‘g‘ri javob eshitishingiz amrimahol. Albatta, ashaddiy muxlislar bundan mustasno...

Vaholanki, etuk jangchi, chempion bo‘lish yo‘lida murabbiy va mashg‘ulot o‘taydigan sport zalining ham o‘rni katta.

Biz bugun, butunjahon bo‘ylab yuqori reytingga ega MMA ga ixtisoslashgan sport zallari bo‘yicha ma’lumot beramiz.

Alliance MMA

Mazkur zal AQShning Kaliforniya shtati San-Diegoda joylashgan. Bu zalga 2007 yil sobiq UFC jangchisi Brandon Vera asos solgan. Bu erda dunyoning turli burchaklaridan kelgan jangchilar mashg‘ulotlar olib boradi. UFC, Bellator, Invicta FC da ko‘plab a’zolari o‘z janglarini o‘tkazadi.
Ular orasida MMA olamidagi mashhurlari ham bor. Ularning aksariyati hali ham ushbu zal bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Ba’zilari esa faoliyatini yakunlashga ham ulgurishgan. Shunday bo‘lsada, Alliance MMA da kundalik mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

Eng mashhur jangchilari:

Dominik Kruz, Jeremi Stivens, Aleksandr Gustafsson, Anjela Xill, Fil Devislar mashhurlikka aynan ushbu zaldagi faoliyatlari davomida erishishgan.

alyans

Longo and Weidman MMA

Ushbu zal Nyu-Yorkning shimoli-sharqida joylashgan bo‘lib, AQShda o‘z nufuziga ega hisoblanadi. Avval u Serra-Longo Fight Team deb nomlanar edi. Garchi, nomi o‘zgargan bo‘lsada, o‘z mashhurligini saqlab qola olgan. Asoschisi va murabbiy Rey Longo hisoblanadi.

Eng mashhur jangchilari:

Kris Vaydman, El Yakvinta, Aljameyn Sterling, Jian Villant.

vaydman

Kings MMA

Okean ortidagi yana bir yuqori reytingga ega bo‘lgan zal... Kaliforniya shtati Xantington-Bich shahrida joylashgan. O‘z vaqtida “Yil murabbiyi” deya e’tirof etilgan Rafael Kordeyro bu majmuani boshqaradi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, bu zalda ko‘plab braziliyalik chempionlar mashg‘ulotlar o‘tkazadi.

                                                             Eng yaxshi jangchilari:

Fabrisio Verdum, Lioto Machida, Vanderley Silva, Marvin Vettori.

kings

Nova União 

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida joylashgan. Unga 2008 yilda asos solingan. Mazkur zal jahonning 40 dan ortiq mamlakatlarida o‘z filiallariga ega. MMA olamidagi afsonalardan biri  BJ Penn ham aynan shu erda mashg‘ulotlar o‘tab, ajoyib natijalar qayd etgandi.

Eng mashhur jangchilari:

Joze Aldo, Rennan Barao, Junior Dos Santos, Leonardo Santos.

nova

Tiger Muay Thai

Tailandning Pxuket shahrida joylashgan jahonning eng mashhur jangovar sport turlariga ixtisoslashgan zal hisoblanadi. Bu zalda boshqalardan farqli ravishda professionallar va havaskorlar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan. Bundan tashqari kuniga 9 marotaba jahonning eng yaxshi murabbiylari ishtirok etadigan fitness mashg‘ulotlari mavjud. Bir qator UFC jangchilari ushbu zal bilan hamkorlik qilishgan va qilishmoqda.

Eng mashhur jangchilari:

Valentina Shevchenko, Tarek Safeddin, Den Xuker, Ben Nguen, Zubayra Txugov, Mayrbek Taysumov.

muaytay

Team Alpha Male

Mazkur zal engil vazn toifalarida ajoyib jangchilar etishtirish bilan ajralib turadi. Sobiq UFC jangchisi Yurayya Feyber 2004 yil ushbu zalni tashkil qilgan. U Kaliforniya shtatining Sakramento shahrida joylashgan.

Eng mashhur jangchilari:

Kodi Garbrandt, Ched Mendes, Darren Elkins, Sintiya Kalvilo, Kley Guida.

tim

SBG Ireland

Irlandiyaning Dublin shahrida joylashgan. 2001 yil murabbiy Jon Kavana tomonidan asos solingan. Mubolag‘a bo‘lmasa, Evropadagi eng yaxshi zal. Shubhasiz, Konor MakGregor bu zalni yanada yuksaklikka ko‘tardi.

Eng mashhur jangchilari:

Konor Makgregor, Gunnar Nelson, Artem Lobov, Dillon Denis.

ireland

Jackson-Wink MMA

AQShning g‘arbiy soxilidagi eng yaxshi dam olish maskanlaridan biri, Nyu-Meksiko shtatining Albukerke shahrida joylashgan. Hozirgi kundagi UFC da Pound-for-pound etakchisi Jon Jons ham ushbu zal bilan hamkorlik qiladi.

Eng mashhur jangchilari:

Jon Jons, Xolli Xolm, Karlos Kondit, Kab Svonson, Lando Vannata, Rey Borg, Mishel Uoterson 

jakson

American Kickboxing Academy

Amerika Kikboksing Akademiyasi yoki oddiygina AKA ko‘plab chempionlarning vataniga aylandi. U Kaliforniyaning San-Xose shahrida joylashgan bo‘lib, eng yaxshilaridan biridir. Zal 1980 yilda Xaver Mendes tomonidan tashkil etilgan va o‘sha vaqtdan beri u sayyoradagi eng yaxshi MMA zallaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Eng mashhur jangchilari:

Deniel Korme, Xabib Nurmagomedov, Keyn Velaskes, Lyuk Rokxold, Leon Edvards, Islom Maxachev, Umar Nurmagomedov.

aka

Hard Knocks 365

AQShning Florida shtatida joylashgan. Kattaligi jihatidan unga teng keladigani topilmasa kerak. U 2787 kv.m.ni tashkil qiladi. Qolaversa, professional murabbiylarning ko‘pligi bo‘yicha ham maqtana oladi.

Eng mashhur jangchilari:

Maykl Djonson, Volkan Ozdemir, Stefan Struve, Kamaru Usman.

365

American Top Team (ATT)

Dana Uayt tomonidan “Eng yaxshi jahon chempionlarni etishtirib beruvchi zal”,- deya e’tirof etilgan ushbu majmua ham Florida shtati Boka-Raton shahrida joylashgan.

Eng mashhur jangchilari: Dastin Pore, Amanda Nunes, Kolbi Kovington, Xorxe Masvidal, Yoel Romero, Yoanna Endjeychik.

top 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!