
Jahon kubogi. Javohir Ummataliev qiyin kechgan bahsda mezbonlar vakilini mag‘lub etdi
Braziliyadagi boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniy pallaga etib keldi.
-80 kg da Javohir Ummataliev va Vanderley Perreyra (Braziliya) jangi ham keskin kurashlarga boy o‘tdi. To‘liq 3 raund davom etgan bahsda vakilimiz 4-1 hisobida g‘alaba qozonib, oltin medalga ega chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirning so‘nggi final bahsida hamyurtimiz Jahongir Zokirov va Damar Tomas (Angliya) o‘zaro to‘qnash keladi.
Fikrlar