
Jahon futbolida Ronaldudan zo‘r uch futbolchi bor ekan...
Buyuk Britaning FourFourTwo nashri jahon futboli tarixidagi eng zo‘r 100 nafar futbolchi reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, futbol olamida deyarli barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan Lionel Messi jahonning eng kuchli futbolchisi ekani qayd etilgan. Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibining doimiy raqobatchisi Krishtianu Ronaldu to‘rtinchi pog‘onaga loyiq ko‘rilgan.
Jahon futbolida eng ko‘p to‘p kiritgan portugaliyalik yulduzdan yuqorida marhum futbolchilar – uch karra jahon chempioni Pele va argentinaliklarning qahramoni Diego Maradona joylashdi.
“Top-10” quyidagicha ko‘rinish oldi:
Lionel Messi (Argentina);
Pele (Braziliya);
Diego Maradona (Argentina);
Krishtianu Ronaldu (Portugaliya);
Yoxan Kruiff (Niderlandiya);
Ronaldo (Braziliya);
Zinedin Zidan (Frantsiya);
Frants Bekkenbauer (Germaniya);
Alfredo Di Stefano (Ispaniya);
Marko van Basten (Niderlandiya).
Fikrlar