Jahon chempioni “Yuve”ni tark etdi

  • 12 avgust, 2020, 21:13
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Blez Matyuidi bilan xayrlashdi. 33 yoshli futbolchi bu haqida “Tvitter” sahifasida ma’lumot bergan.

Tecno

“Yuventus” oilasining bir qismi bo‘lish bu ushalgan orzu, sharaf. Men aqlbovar qilmas bu jamoa bilan birga bo‘ldim. Doimo sizlarning birinchi raqamli muxlisingiz bo‘lib qolaman. Barchasi uchun tashakkur”, - deb yozdi futbolchi. 

U turinliklar safiga 2017 yil PSJ jamoasidan kelib qo‘shilgan edi. Endi Matyuidi “Inter” Mayami klubi sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!