
Jahon chempioni og‘ir jinoyatda ayablanmoqda
Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligiga sazovor bo‘lgan Tyago Almadega og‘ir ayblov qo‘yildi.
- Futbolchi o‘z mashinasida bir odamni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketganlikda ayblanmoqda, - deb yozdi jurnalist Mauro Zeta.
Bu noxush voqea 2023 yili Argentinaning Rinkon-de-Milberg shahrida yuz bergan. Furgon bir erkakni urib yuborgan. Ushbu mashinani aynan Tyago Almade boshqargani va jarblanuvchiga yordam ko‘rsatish o‘rniga qochib ketgani gumon qilinyapti.
23 yoshli Almade yaqinda AQShning “Atlanta” jamoasidan Braziliyaning “Botafogo” klubiga ko‘chib o‘tganli.
Iste’dodli yarim himoyachi 2022 yilgi jahon chempionatida Argentina terma jamoasi safida bir marotaba maydonga tushib, bir necha daqiqa o‘ynagan xolos.
Fikrlar