Jahon chempioni Husanovga qanday baho berdi?

  • 10 fevral, 07:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Abduqodir Husanov Angliya kubogi to‘rtinchi bosqichida “Leyton Orient” jamoasi darvozasini ishg‘ol qilib, “Manchester Siti”dagi birinchi, ya’ni tarixiy golini urdi.

20 yoshli markaziy himoyachimizga manchesterlik muxlislar mehri va murabbiylar ishonchini qozonish uchun 45 daqiqa kifoya qildi.

Buyuk Britaniyaning nufuzli manbalaridan biri – manchestereveningnews.co.uk portali o‘zbek futbolchisining mamlakat futbolidagi dastlabki muvaffaqiyatiga bag‘ishlab maqola chop etdi.

- Abduqodir Husanov “Chelsi” qarshi ilk o‘yinida xato qilganiga qaramay, Xosep Gvardiola buni o‘yinchining yoshligiga yo‘yib, uni hisobdan chiqarmagan edi.

Aslida ispaniyalik murabbiy Husanov “Manchester Siti”ga kelishi bilan turli sinov va qiyinchiliklarga ro‘baro‘ bo‘lishini oldindan bilgan. “Etixad”dagi hayotini endigina boshlagan, ingliz tilini yaxshi tushunmaydigan, hali etarli tajribaga ega bo‘lmagan yosh o‘yinchi uchun hammasi silliq ketmasligi tabiiy, albatta.  

Abduqodir “Chelsi”ga qarshi o‘tgan bahsning dastlabki daqiqalarini inobatga olmaganda, o‘sha uchrashuvdayoq o‘zini o‘nglab olgan edi. Xosep Gvardiolani ta’sirlantirgan jarayon “Manchester Siti”ning tajribali o‘yinchilaridan birortasi Husanovga tanbeh bermagani, hammasi uni qo‘llab-quvvatlashga kirishgani, Fil Foden mashg‘ulotlarda o‘zbek legioneri bilan alohida e’tibor berish ishlagani bo‘ldi.

Evropa Chempionlar ligasida “Bryugge” va Premer-Ligada “Arsenal”ga qarshi o‘yinlarni zaxira o‘rindig‘idan kuzatgan Husanovga Angliya kubogida “Leyton Orient” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida o‘zini ko‘rsatish uchun imkon berildi.

Husanov to‘p unga tegib, raqib darvozasi burchagidan joy olganida “Chelsi” bilan o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatolari yuki elkazidan ag‘darilganini his qildi va mushtlarini tugib, hayqirib yubordi. Nihoyat, ikki hafta davom etgan mahzunlik barham topdi va legioner faoliyatida yangi va yaxshi davr boshlandi, - deb yozdi manchestereveningnews.co.uk portali jurnalisti Joe Bray.

Ushbu manba Abduqodir Husanov haqidagi maqola davomida 1998 yili Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgan, “Arsenal”ning eng zo‘r himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilgan Emmanuel Petining ham fikrini keltirdi.

- Abduqodir juda tezkor, baquvvat yigit, yakkakurashlarda kuchli. Husanovning hujumchilar kushandasidir. Uning asosiy sifati – kurashuvchanlik, harakatlarni yaxshi o‘qiy oladi, shuningdek katta tezlik. U maydonda hamma hayratga solishi mumkin, - dedi  Husanovning Frantsiyadagi o‘yinlarini ham bevosita kuzatgan Emmanuel Peti.

Darhaqiqat, Abduqodir Manchesterga ko‘chib borganiga bir necha kun bo‘lganiga qaramay, ikki nufuzli musobaqa – Premer-liga va Angliya kubogida debyutini nishonlab bo‘ldi. Endi navbat, Evropa Chempionlar ligasiga.

“Manchester Siti”ni 11 va 19 fevral kunlari Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real”ga qarshi bo‘ladigan ikkita murakkab uchrashuv kutib turibdi.

Bo‘lajak bu bahslarda ham Abduqodir Husanovni maydonda asosiy qahramonlardan biri sifatida kuzatishni umid qilib qolamiz...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Po`lat Polvonov
13/02/2025 09:44
Абдуқодирни нимага сотиб олдинг ўйнатмоқчи эмас экансан Лансда ҳам Хусанов бахтли эди Римликлардек Шомуродовни захирада қўйгандек Хусановни ҳаам шунақа қилмоқчимисан Гвардиёла олдингми ўйнат мана Хусановни ўйнатмадинг ютқиздинг икки ўйинда ўйнатдинг ютдинг такир каллангни ишлатиб тўғри танлов қил ўйинчилар борасида Хусановни ўйингга туширмасанг ютқазаверасан.
&
Мурат
10/02/2025 21:45
Хусанов тушган уйинлари хазирча Ман сити галаба казаняпти худди Лансдаги уйинлардаги каби
Faxriddin
10/02/2025 17:28
Назаримда "Сити" 3-0 ҳисоби билан ғалаба қозонади.
&
Азизжон
10/02/2025 12:52
Китоб булиптию
&
Dili
10/02/2025 09:14
Сити 4. 0 реал