Jahon chempionatining eng chiroyli goli aniqlandi

  • 23 dekabr, 2022, 14:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatinining eng chiroyli golini aniqladi.

Tecno

Unga ko‘ra, "Tottenxem" klubi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlisonning guruh bosqichi birinchi turidagi Serbiya darvozasiga yo‘llagan akrobatik usuldagi zarbasi mundialning eng chiroyli goli, deb topildi.

Bu sovringa quyidagi futbolchilar da’vogar edi:
1. Salim Al-Davsarining Argentinaga qarshi g‘alaba goli;

2. Braziliya hujumchisi Risharlisonning Serbiyaga qarshi o‘yindagi qaychi usulidagi goli;

3. Risharlisonning Janubiy Koreyaga ajoyib kombinatsiyadan so‘ng kiritgan to‘pi;

4. Niderlandiya futbolchisi Kodi Gakponing Ekvador darvozasiga urgan goli;

5. Entso Fernandesning Meksikaga qarshi o‘yinda kiritgan to‘pi;

6. Kamerunlik Vensan Abubakarning Serbiyaga urgan goli;

7. Meksika yarim himoyachisi Luis Xerardo Chavesning Saudiya Arabistoni terma jamoasiga jarimadan kiritgan to‘pi;

8. Kilian Mbappening Polshaga qarshi bahsda qo‘shib berilgan vaqtlardagi urgan goli;

9. Janubiy Koreya futbolchisi Pek Syn Xoning uzoq mqsofadan Braziliya darvozasiga yo‘llagan "pushka"si;

10. Braziliya vingeri Neymarning Xorvatiya darvozasiga kiritgan to‘pi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!