Jahon chempionatini 17 ta medal bilan yakunladik!

CHERY AUTO

Peru poytaxti Lima shahrida og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida hamyurtimiz Qudratbek Salimjonov (yoshlar) -109 kg vazn toifasining dast ko‘tarish mashqida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi mazkur musobaqada 3 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza, jami 17 ta medal jamg‘ardi.

Mohinur Esonboeva - 2 ta oltin va 1 ta bronza;
Alisher Osmanov - 1 ta oltin va 2 ta kumush;
Marjona Abdumutalova - 2 ta kumush va 1 ta bronza;
Munisbek Davletov - 2 ta kumush;
Diyorbek Ro‘zmetov - 1 ta kumush va 2 ta bronza;
Xikmatillo Xaydarov - 1 ta bronza;
Dilnura Xoldorova - 1  ta bronza;
Qudratbek Salimjonov - 1  ta bronza.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!