Jahon chempionatiga oz fursat qolgan bir paytda Osiyo grandida murabbiy almashdi

  • 12 iyul, 2022, 15:07
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Dragan Skoshich lavozimidan ozod etildi.

Tecno

Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda. 53 yoshli mutaxassis 2020 yilning fevral oyida forslar boshqaruviga kelgandi. Bu vaqt oralig‘ida jamoa uning qo‘l ostida 2022 yilgi Jahon chempionati saralashi so‘nggi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va mundialga chiqqan Osiyoning ilk termasi bo‘ldi.

"Sahro shahzodalari" Skoshich bilan 18 o‘yindan 15 tasida g‘alaba qozongan. Ayni paytda bosh murabbiylikka Ali Kalonui, Ali Dai, Javod Nekunam kabi Eron futboli afsonalari nomzod bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!