Jahon chempionati uchinchi o‘rin uchun bahsni kim boshqarib boradi?

  • 16 dekabr, 2022, 19:47
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati bronza medal uchun bo‘lib o‘tadigan Xorvatiya va Marokash o‘rtasidagi o‘yinni kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi. Mazkur bahsni qatarlik Abdulrahmon al-Jassim boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Qanotlarda unga o‘z hamyurtlari ko‘maklashadi.

VAR tizimi esa chililik Xulio Baskunyan va niderlandiyalik Pol van Bukelga ishonib topshirilgan.

Tecno

35 yoshli al-Jassim mundialning guruh bosqich doirasida AQSh va Uels (1:1) uchrashuvini boshqarib borgandi.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya - Marokash o‘yini 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!