Jahon chempionati. Dzyudochilarimizning dastlabki raqiblari ma’lum

  • 26 avgust, 22:15
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Ertaga Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Jahon chempionati start oladi. 

Tecno

Dunyoning 71 davlatidan keladigan sportchilar to‘rt kun davomida ham yakkalik, ham aralash  jamoaviy bellashuvlarda jahon chempionati medallari uchun tatamiga chiqishadi. Biroz avval dunyo birinchiligiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unga ko‘ra, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi a’zolari ilk davrdagi raqiblarini bilib olishdi.

O‘smirlar terma jamoasi uchun qur’a natijalari:
-50 kg: Xushnud Sultonov — Dimitrios Gulas (Gretsiya) 
-50 kg: Muhammadqodir Shodmonov — Milan Sabo (Vengriya) 
-55 kg: Xushnud Burxonov — Arsen Elemes (Qozog‘iston)
-60 kg: Muhammadkarim Nosirov — Samuil Dimitrov (Bolgariya)
-60 kg: Dilshod Karimov — Yulius Glazer (Germaniya) 
-66 kg: Sultonbek Qo‘ldoshev — Nikola Xadji-Velkovich (Xorvatiya)
-73 kg: Sa’dulla Ravshanov — Ali Aljadi (Kuvayt)
-81 kg: Inomjon Bahodirov — Derrik Tomas (AQSh)
-90 kg: Musurmonqul Ahrorov — Mayus Petrauskas (Litva) 
+90 kg: Alibek Durdiev — Abel Sekeres (Vengriya)

O‘smir-qizlar terma jamoasi uchun qur’a natijalari:
-40 kg: Alina Kolyucheva — Yagmur Yilmazturk (Turkiya) 
-40 kg: Dilafruz Boltaboeva — Giada Tursi (Italiya)
-44 kg: Dinora Hasanova —Jiovanna Imhof (Braziliya)
-48 kg: Gulmira Xolmirzaeva — Sofiya Mazur (Qirg‘iz Respublikasi)
-52 kg: Nigina Umrzoqova — Monika Martines (Ispaniya) 
-57 kg: Maftuna Ahmedova — Gil Perri (Isroil)
-57 kg: Gulsanam Hazratova — Miroslava Bondarenko (Kanada)
-63 kg: Zuhrajon Umarova — Ana Skilevich (Bosniya va Gersegoviniya)
+70 kg: Zarina Bobonazarova — Mariya Cherkelieva (Bolgariya)
+70 kg: Umida Nig‘matova — Astan Sako (Fransiya)

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!