Ivanovich APL klubiga o‘tmoqda

  • 11 sentabr, 2020, 20:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Bromvich" bosh murabbiyi Slaven Bilich jamoaga serbiyalik himoyachi Branislav Ivanovich kelib qo‘shilishini ma’lum qildi.

Tecno

Xorvatiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ushbu xarid yaqin soatlarda e’lon qilinadi. Ta’kidlash kerakki, 36 yoshli Ivanovich uchun “Everton” ham kurash olib borgan edi.

Ivanovichning so‘nggi jamoasi “Zenit” klubi bo‘lgan edi. Uning piterliklar bilan amaldagi shartnomasi tugagach, jamoani erkin agent sifatida tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!