Ivan Solovyov: “Navbahor” bilan amalda shartnomam bor. Qolishim yoki ketishimni rahbariyat hal qiladi

  • 24 iyun, 2019, 20:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 29
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha Andrey Kanchelskis “Navbahor” bosh murabbiyligidan ozod etildi. Tabiiyki, muxlislar orasida ham murabbiy jamoani tark etgach u olib kelgan legionerlar masalasida turli hil mish-mishlar avj oldi.

Tecno

"Navbahor" jamoasi muxlislarining telegramdagi rasmiy sahifasi shu kabi mish-mishlarga oydinlik kiritish maqsadida rossiyalik hujumkor yarim himoyachi Ivan Solovyov bilan bog‘landi hamda ayrim savollarga javob oldi.

– “Navbahor” bilan hozircha amalda shartnomam bor. Shartnomam yakunlangach jamoada qolamanmi yo‘qmi buni klub rahbariyati hal qiladi. Shahsan o‘zimni ketish niyatim yo‘q. Lekin hammasi rahbariyatning qarori va yangi murabbiyga bog‘liq. Agarda yangi bosh murabbiy jamoaga meni yordam berishda davom etishimni va Namanganda qolishimni xohlasa qoldiradi. Agarda aksi bo‘lsa bu uning qarori. Bunga xurmat bilan qarashimiz lozim albatta. Bu futbol. Futbolchining hayoti esa shunday. Men buni to‘g‘ri qabul qilaman. Yaqin kunlarda aynan shu masala yuzasidan klub rahbariyati bilan uchrashaman. Yakuniy qarorni keyin qabul qilaman”.

sol1

– “Jamoadagi muhit haqida gapiradigan bo‘lsam, futbolchilar bilan aloqalarimiz a’lo darajada. Hammamiz bir oiladekmiz. Kelgusi uchrashuvlarda ham kechagidek g‘alaba qozonib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz”.

– “Andrey Kanchelskis haqida fikrim? Kanchelskisni hammamiz xurmat qilamiz. Meni bu jamoaga aynan ushbu murabbiy olib keldi. Uning taklifi bilan “Navbahor”ga keldim. U bilan qisqa vaqt ishlagan bo‘lsamda murabbiy yomon ishlamadi. To‘g‘ri, natijalar biroz pasayib, duranglar ko‘payib ketdi. Lekin bu futbol. Futbolda g‘alaba va mag‘lubiyat hamisha yonma-yon yuradi. Natijalarga kelsak aksari o‘yinlarda omad ham bizdan yuz o‘girganligini unutmaslik lozim. Murabbbiy haqidagi fikrlarim esa faqat ijobiy bo‘ldi. Uni xurmat qilaman va sobiq bosh murabbiyimizning kelgusi faoliyatiga omad tilayman” - deydi Ivan Solovyov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Маруф Маматханов
24/06/2019 20:51
Агар Навбахор шундай уйинчини куйиб юборса нотугри иш килган булади.Хозирги чемпионатимиздаги энг яхши легионер уйинчилардан биттаси шу иккинчиси Касьян.Бу икки футболчини клубда олиб колиш керак.
&
Navbahor????????⚽️
24/06/2019 21:14
gapingiz togri haqiqiy jon kuyar oyinchi himoyada yarim himoyada hujumda
&
Isoqjonov Jo'rabek
24/06/2019 20:53
Agar iloji bo'lsa Ivanni olip qolish kerak Kasyan xam qolishi kerak Navbahor anchadan buyon vaziyatlardan foydalana oladigan xujimchi kerak edi
&
ЮСУФ
24/06/2019 20:46
Тренерни хайдаб катта хато килишди афсус энди буягига леганерларни обколишимиз керей
АС МИЛАН
24/06/2019 20:43
Сен хали Навбаҳор га жуда кераксан.
&
Akbar Ali
25/06/2019 10:54
Sizdakka muhlis esa kerak emas ????????????
&
Akram
24/06/2019 22:23
navbahorga bunaqa legenerlar kerak edi Ivan Kasyan Lukich Golban hammangiz qoliwingiz kerak . olga NAVBAHOR
&
Akram
24/06/2019 22:22
navbahorga bunaqa legenerlar kerak edi Ivan Kasyan Lukich Golban hammangiz qoliwingiz kerak . olga NAVBAHOR
&
Elmurod
24/06/2019 22:03
Hudo hohlasa qoladi Navbahorda .Ivan pazitsya talamas uzizchi.
&
Азизбек
24/06/2019 21:55
Иванжондек мехнаткаш лигонер кам хозирги кунда ичидан уйнаб мехнат килади хурматга лойик футболчи
&
Anasxon
24/06/2019 21:48
Kancheliskiyam ligeonerlariyam zo'r edi afsus Solovyov qolishi kere.
Boltabayev Muhammad
24/06/2019 21:31
Ivanjon qoladi xudoxolasa yana kasyan nam qoladi
&
Barcamania_2016
24/06/2019 21:25
Иван Солоаьёв ҳақиқий етакчи. Гладиатор! Намангандаги фаолиятинг узоқ йиллик ва бардавом бўлсин Иванжон!
&
Буюк Навбахор
24/06/2019 21:28
Иванбой денг
&
Буюк Навбахор
24/06/2019 21:29
Иванбой денг
Jahongir Yuldashev
24/06/2019 21:14
Ushbu fudbolchi xaqiqiy jonkuyar juda xurmat qilaman. Xaqiqiy lider
&
Ramzis ll
24/06/2019 20:53
Sen ham Kasyan ham xali Navbahorga keraksizlar, qolib g'alabalarga o'z hissalaringizni qo'shing.
&
ЮСУФ
24/06/2019 20:44
Иванжон энди мослашди обколиш керак
&
ЮСУФ
24/06/2019 20:44
Иванжон энди мослашди обколиш керак
Bahrom Razzakov
24/06/2019 20:42
Qolishing kerak Vanya !!
&
Махаммад махмудов
24/06/2019 20:49
3 4 йиллик шартнома килиш керак, бундан яхшисини топа олмаймиз
&
HASANBOY
26/06/2019 00:03
hali bizga keraksan
&
Arabboy chortoq
25/06/2019 11:02
Navbahorga omad. Superligadagi o'rni yuqorilab boraversin
&
Navbahor1996
25/06/2019 07:00
Келаетган мурабий хам емон эмас. Канчелскийга ва Белинковга рахмат мехнатлари учун.
&
Navbaxor 3392
25/06/2019 06:45
Ketiw aniqku sababi yangi murabbiy (jurjevic) ozining oyinchilarini olib keladi bizda ham spektakl bowlandimi deymanda buxoro bilan uyinda werzod qosimov sahnaga chiqdilaru ..... Bizga halol futbol kerak unaqa galabalar emas ....
Oldingi fikrlarni ko'rsatish