Ivan Solovyov: "Lokomotiv"dan ketayotganim rost"

  • 23 noyabr, 2023, 01:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligaga qaytishga muvaffaq bo‘lgan “Lokomotiv” jamoasida o‘zgarishlar bo‘lishi muqarrar. Chunki murabbiylar shtabi va jamoa tarkibiga yangi ijrochilar taklif qilinmoqda.

Tecno

Pro ligada to‘p surgan o‘yinchilar, ayniqsa, legionerlar bilan do‘stona xayrlashishmoqda.

Jumladan, rossiyalik futbolchi Ivan Solovyov ham “Lokomotiv”ni tark etgani ma’lum bo‘ldi.

Sports.uz jurnalisti ushbu o‘yinchiga bir qator savollar bilan murojaat qildi.

- Ivan, instagramdagi sahifangizda “Lokomotiv”dan ketganingiz haqida yozibsiz. Bu qaroringiz qat’iymi?

- Ha to‘g‘ri, mening “Lokomotiv” klubidan ketayotganim rost.

ivan3

- “Lokomotiv” yana Superligaga qaytdi. Bu narsa sizni u erda qolishingizga turtki bo‘lmadimi? Ya’ni, Superliga sizga motivatsiya bag‘ishlamadimi?

- Nima uchun motivatsiya beradi? Bu mening qarorim emas. Ko‘ryapsiz, “Lokomotiv”ni Superligaga qaytishiga hissa qo‘shgan bir qator futbolchilar ham klubni tark etishyapti.

- Birinchi marta pro ligada o‘ynadingiz. U erdagi saviya sizda qanday taassurot qoldirdi?

- Nima desam bo‘ladi? Saviyasi u qadar kuchli emas. Shuning uchun pro ligaga tushib ketgan jamoalar tezda yana Superligaga qaytishyapti.

ivan5

- Keyingi rejangiz qanday? Oldingizda aniq takliflar bormi?

- Rejalarimga kelsak, hozir uyda dam olyapman. O‘zim tug‘ilib o‘sgan vatanimda mini futbol jamoasidan taklif oldim. Biz ishtirok etadigan turnirda yutmoqchimiz. Boshqa takliflar haqida hozircha bilmayman. Menejerim bilan gaplashib olganimdan keyin hammasi oydinlashadi. Balki Rossiyada qolishim ham mumkin.

- Umuman olganda, pro ligadan keyin Superligada to‘p surish qiyin bo‘lmaydimi? Yana chempionatimizda qolish niyatingiz bormi?

- Yosh futbolchilarga qiyin bo‘ladi. Meni yoshim ham katta bo‘lib boryapti. Bilmayman, vaqt ko‘rsatadi.

ivan1

- “Lokomotiv”da sizga ko‘proq nima yoqdi?

- Mening fikrimcha, murabbiylar shtabiga ko‘proq imkoniyat berishlari kerak edi.

- Bu klubda jiddiy o‘zgarishlar bo‘layotgani eshityapmiz...

- Ha, bu haqiqat. Bu o‘zgarishlar “Lokomotiv”ga nima olib kelishini ko‘ramiz. Albatta, klubga omad tilayman. U erda bir yil ahil jamoa bo‘lib ishladik. Hammaga minnatdorchilik bildiraman.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!