
Ivan Rakitich va Ernesto Valverde o‘rtasida kelishmovchilik bormidi?
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich Ernesto Valverda bosh murabbiylikni tark etgunicha, klubni tark etish niyatida bo‘lganini aytib o‘tdi.
"Yanvarda ketish haqida o‘ylayotgan edim, chunki Valverde jamoasi bilan munosabatlarimiz ko‘ngildagidek emasdi. Bu yomon vaqtlar edi, biroq hozir barchasi ortda qoldi. Men o‘zimga yoqmagan narsalar haqida ochiqchasiga gapirishim mumkin", - deydi Rakitich.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutahassis "Barselona"dan 13 yanvar kuni iste’foga chiqarilgan edi. Uning o‘rnini to‘ldirgan Kike Seten kataloniyaliklar klubi bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi.
Fikrlar