Ivan Nagaev: "Uni super murabbiy va nimanidir uddalay oladi, deb ayta olmayman"

  • 9 yanvar, 2022, 18:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Metallurg” klubining o‘tgan yilgi tarkibidan bir qator futbolchilar ketishgan. Ularning orasida hujumchi Ivan Nagaev ham bor. Bu yil 33 yoshni qarshilaydigan futbolchi uchun “Mavsum-2021” u qadar omadli kechgani yo‘q.

Tecno

Nagaev bekobodliklarning asosiy tarkibidan muqim joy olishi qiyin kechdi. Statistik raqamlarga tayanadigan bo‘lsak, “Metallurg” tarkibida Superliganing 13 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Ammo o‘sha goli safarda “Andijon” ustidan muhim uch ochko qo‘lga kiritilishida asqotgan. Shuningdek, Kubok doirasida 3 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ammo Ivan asosan o‘yinlarning ikkinchi bo‘lim o‘rtalaridan yoki oxirgi daqiqalardan maydonga tushirilgan.

Nagaev faoliyati davomida bir qancha klublarda o‘ynadi. “Metallurg”ga bir necha bor kelib-ketgan. Bundan tashqari, “Nasaf”, “Navbahor”, “Bunyodkor”, “Dinamo”, “Lokomotiv”, “Buxoro”, shuningdek, Quvaytning “Al-Qodisiya” va Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoalarida ham to‘p surgan. Sports.uz muxbiri Nagaevga ayrim savollarni yo‘lladi.  

- Ivan, “Metallurg” klubini nima uchun tark etdingiz?

- Chunki rahbariyat shunday qaror qildi. Yana nima desam ekan, menga u erda qolish uchun qiziqish qolmagandi. Aslida hammasi oddiy: shartnomam muddati tugadi va men ketdim.

ivan_3

- Hujumchiga doim gollar kerak. Lekin adashmasam, siz “Metallurg” safida bor-yo‘g‘i bitta gol urdingiz xolos va bu juda past ko‘rsatkich. Buning sababi nimada?

- Bu masalada gapingizga qo‘shilaman. Lekin asosiy sababi men ko‘p o‘ynaganim yo‘q. Ko‘pincha zaxiradan maydonga tushdim. Ko‘proq gol urishim uchun o‘yin amaliyoti ham shunga yarasha bo‘lishi kerak edi. Shu bois men kam o‘ynaganim sababli ko‘p gol ura olmadim.

ivan1_2

- O‘z vaqtida Quvayt chempionatida o‘ynab yurgan kezlaringizda “Metallurg”ning hozirgi murabbiyi bilan to‘qnash kelgansiz. Ayting-chi, Ernandes qanday mutaxassis?

- Quvaytda to‘p surgan paytimda u boshqa klubda ishlardi. Men bu murabbiy bilan birga ishlamaganman va u haqida sizga biror nima deya olmayman. Ammo fikrimcha, uni super murabbiy va nimanidir uddalay oladi, deb ayta olmayman. Men uchun kuchli murabbiy emas. Maydonda futbolchilar to‘p suradi. Eng yaxshi murabbiylar ham o‘yinchilarsiz natija ko‘rsata olmaydi. 

- Faoliyatingizni kuzatar ekanmiz, ko‘plab jamoalarda o‘ynashga ulgurdingiz va tez-tez klublarni o‘zgartirayotganingizga guvoh bo‘lamiz. Bu nima bilan bog‘liq?

- Taqdirim shunday ekan (kulib).

ivan2

- Keyingi rejangiz qanday? Takliflar bormi?

- Hozircha hech qanaqa takliflar yo‘q. Nima bo‘lishi birgina Xudoga ayon.

- Umuman olganda, yana Superligada qolish niyatingiz bormi yoki legioner sifatida chetda o‘zingizni sinab ko‘rmoqchimisiz?

- Albatta, ketishni xohlagan bo‘lardim. Ammo hozircha shu erda ekanman, hech nima deya olmayman. O‘ylashimcha, tez kunlarda qaysi klubga borishimga aniqlik kiritib olaman. Ammo hozircha erkin agentman va menda takliflar yo‘q. Shu sababdan ham bu borada sizga hech nima ayta olmayman.

ivan3

- Birga ishlagan murabbiylaringiz orasida siz uchun eng kuchlisi kim?

- Har biri o‘ziga yarasha yaxshi. Kimnidir yomon yoki yaxshi deb ayta olmayman. Men uchun barchalari o‘ziga xos va yaxshi sifatlarga ega edilar.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!