Italiyalik yulduz ikki oyda “Liverpul”dan ketadigan bo‘ldi

  • 15 noyabr, 2024, 12:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”ning italiyalik hujumkor futbolchisi Federiko Keza klubdan ketish haqida o‘ylay boshladi.

Tecno

27 yoshli futbolchi “Yuventus” murabbiylar shtabi bilan chiqisha olmay qolganidan keyin 29 avgust kuni “Liverpul”ga transfer qilgan edi. Turin klubi vaziyatni yumshatish uchun ikki yil muqaddam qariyb 45 million evroga olingan o‘yinchini 12 million evro evaziga qo‘yib yuborgandi.

Transfer News Live va Inter News kabi manbalarning ma’lum qilishicha, 27 yoshli futbolchi etarli darajada o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani bois, “Liverpul”ni tark etmoqchi bo‘lyapti. 

Keza hozirgacha Premer-liga, Angliya Ligasi kubogi, Evropa Chempionlar ligasida bir martadan, jami uch marotaba maydonga tushdi va jami 78 daqiqa to‘p tepdi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Federiko Keza o‘zi ko‘nikkan A Seriyaga qaytib ketmoqchi. Unga Italiyaning bir necha klublar qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!