
Italiyaga qarshi o‘yindan oldin "Arsenal" himoyachisida koronavirus aniqlandi
"Arsenal" klubi hamda Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi himoyachisi Sead Kolashinatsda koronavirus aniqlandi.
Endi 27 yoshli futbolchi bugun UEFA Millatlar ligasi 6-turidan o‘rin olgan Italiyaga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi. U APLda “Lids” bilan bo‘ladigan va Evropa ligasida “Molde”ga qarshi bellashuvlarda ham ishtirok etolmasligi mumkin.
Kolashinats joriy mavsum “Arsenal” safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi.
Fikrlar