
Italiyada raqib maydonda 100 ta gol urgan yagona futbolchi paydo bo‘ldi
Italiya chempionatining 13-turida “Salernitana” o‘z maydonida “Latsio”ni qabul qilib, mavsumdagi birinchi g‘alabasini nishonladi – 2:1.
Autsayder jamoa kuchli raqibni irodali tarzda enggani rimliklar goliga mualliflik qilgan Chiro Immobile rekordi soyasida qolib ketdi.
O‘yinda hisobni ochgan italiyalik hujumchi A Seriyada birinchi bo‘lib, safar uchrashuvlarida urgan gollari sonini yuztaga etkazib oldi.
33 yoshli futbolchi klublar miqyosidagi faoliyati davomida 566 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 323 marotaba ishg‘ol qilgan. Immobile Italiya, Ispaniya va Germaniya chempionatlarida umumiy hisobda o‘nga yaqin jamoada to‘p tepgan.
Fikrlar