
Italiyada Mourinodan zo‘ri yo‘q!
"Roma" jamoasi konferentsiyalar ligasi finalida "Feyenoord" klubini 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa, Mourino shogirdlari ilk marotaba o‘tkazilgan turnir g‘olibiga aylandi.
Mazkur natija Italiya A Seriyasi klublari uchun ham ahamiyatli. Sababi, italyan jamoalari oxirgi marta 10 yil oldin evrokuboklarda zafar quchgandi.
Qizig‘i, 10 yil oldin halqaro musobaqada g‘alaba qozongan klubga ham Joze Mourino bosh murabbiylik qilgan. Bu 2010-yilda "Inter"ning chempionlar ligasida tengsiz, deb topilgan davri edi.
Fikrlar