Italiyada mavsumning qolgan qismini "Yuventus" - "Milan" uchrashuvi boshlab berishi mumkin

  • 16 aprel, 2020, 09:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan Itali A Seriyasini may oyi oxirida mamlakat kubogi yarim final bellashuvlari bilan boshlashni taklif qilishmoqda.

Tecno

ANSA nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 27-28 may kunlari kubok yarim finalidan o‘rin olgan «Yuventus» – «Milan» hamda «Napoli» – «Inter» uchrashuvlari bo‘lib o‘tsa, 31 maydan boshlab A Seriya o‘yinlari davom ettirilishi mumkin.

26 turdan so‘ng 63 ochko to‘plagan “Yuventus” jadvalda peshqadamlik qilmoqda. Undan 1 ochko kam jamg‘argan “Latsio” esa 2-o‘rindan joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!