Italiya va Argentina o‘rtasidagi o‘yin Maradonaning xotirasiga bag‘ishlanadi

  • 14 iyul, 2021, 11:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa chempioni Italiya terma jamoasi va Amerika kubogi g‘olibi Argentina termasi o‘rtasida yaqin kelajakda o‘yin bo‘lib o‘tishi mumkin.

Tecno

Italiya va Argentinaning futbol federatsiyalari ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi haqida muzokara olib borishmoqda. Ta’kidlash kerakki, ushbu bahs marhum Diego Maradona xotirasiga bag‘ishlab o‘tkaziladi.

Tomonlar hozir muzokaralarning yakuniy bosqichida. Bundan oldinroq o‘yin 2022 yilda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Italiya “Evro-2020” finalida Angliyani, Argentina esa Amerika kubogi finalida Braziliyani mag‘lubiyatga uchratdi. E’tiborlisi, har ikkala g‘olib terma jamoa ham finallarni raqib maydonida o‘tkazdi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!