Italiya matbuoti: Shomurodov gol urib, Mourinoni fikrini o‘zgartirishga majbur qildi!

  • 10 sentabr, 2022, 18:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Roma” o‘tgan mavsumda Konferentsiyalar ligasida g‘olib chiqib, Evrokuboklarda oxirgacha etib borgan Italiyaning yagona jamoasiga aylangan edi.

Nafaqat poytaxt, balki butun italiyalik muxlislar Joze Mourino shogirdlaridan joriy mavsumda Evropa ligasida muvaffaqiyat qozonishini kutmoqda. Lekin rimliklar xalqaro turnirning birinchi turidayoq futboli Italiyanikidan ancha ortda hisoblanadigan Bolgariyaning “Ludogorets” jamoasiga yutqazib qo‘ydi.

shoma-gol-neslishu

Italiya matbuoti “Roma” yutqazgan o‘yinni tahlil qilish va futbolchilar ishtirokini baholashni davom ettirmoqda. Ekspertlar rimliklarni A Seriyada “Udineze”dan ham 0:4 hisobida engilganini inobatga olib, ketma-ket ikki mag‘lubiyatni inqiroz va Mourinoning taktikalarini samarasiz, deb hisoblamoqda.

Joze Mourino tarkibni to‘g‘ri shakllantirishga ulgurmagani aytilmoqda. U tanlagan taktikalar ish bermayapti. Hujumda samaradorlik past, himoyada xato ko‘p.

- Biz Mourinodan ko‘proq narsa kutgandik, - deb yozdi portugaliyalik mutaxassisning boshqaruvini past ballga baholagan La Gazzetta dello Sport nashri.

- Kris Smolingni o‘yinini yoshlarga ko‘rsatib bo‘lmaydi. U boshini kiyim almatirish xonasiga tashlab chiqqan shekilli, - deb tanqidiy chiqish qildi Il Tempo nashri.

Jurnalistlar “Roma” futbolchilari orasida Paulo Dibala jon kuydirganini ta’kidlab, Andrea Belotti oldingi chiziqda unga umuman yordam bera olmaganiga alohida to‘xtalmoqda. Bundan tashqari, Joze Mourino umuman chetga surib qo‘ygan Eldor Shomurodov faol xatti-harakatlari va urgan goli tufayli portugaliyalik mutaxassisni hujumchilar borasidagi siyosatini o‘zgartirishga majbur qilgani ta’kidlanmoqda.

Evropa ligasining birinchi turidan o‘rin olgan “Ludogorets” va “Roma” o‘rtasidagi o‘yin ishtirokchilarining harakatlarini baholagan Italiyaning eng mashhur etti nashri bir ovozdan eng yuksak bahoni Eldor Shomurodovga bergani ahamiyatli.

IL MESSAGGERO: Svilar 5,5, Manchini 4,5, Smolling 5,5, Ibanes 5, Chelik 5, Kristante 5,5, Matich 6, Zalevski 6, Pellegrini 5,5, Dibala 5,5, Belotti 4,5, Shomurodov 6, Spinatstsola 5, Volpato 6, Bove 6, Kamara 6, Mourinyu 5.

CORRIERE DELLO SPORT: Svilar 6, Manchini 5,5, Smolling 5, Ibanes 5, Chelik 6, Kristante 5,5, Matich 5,5, Zalevski 5,5, Pellegrini 5,5, Dibala 6, Belotti 5, Shomurodov 6,5, Spinatstsola 5,5, Volpato (bahosiz), Bove 6, Kamara 6, Mourinyu 5,5.

GAZZETTA DELLO SPORT: Svilar 6, Manchini 5,5, Smolling 6, Ibanes 5, Chelik 5,5, Kristante 5,5, Matich 5,5, Zalevski 5, Pellegrini 5,5, Dibala 6, Belotti 5, Shomurodov 6, Spinatstsola 5, Volpato 5,5, Bove 6, Kamara 6, Mourinyu 5.

IL TEMPO: Svilar 6, Manchini 5, Smolling 4, Ibanes 5,5, Chelik 5,5, Kristante 5, Matich 5,5, Zalevski 5, Pellegrini 4,5, Dibala 6, Belotti 4,5, Shomurodov 6, Spinatstsola 5,5, Volpato 5,5, Bove 6, Kamara 5,5, Mourinyu 5.

CORRIERE DELLA SERA: Svilar 6, Manchini 5, Smolling 5, Ibanes 5, Chelik 6, Kristante 5, Matich 5,5, Zalevski 5,5, Pellegrini 5,5, Dibala 6, Belotti 5, Shomurodov 6,5, Spinatstsola 5, Volpato (bahosiz), Bove (bahosiz), Kamara 6, Mourinyu 5.

LA REPUBBLICA: Svilar 5,5, Manchini 4, Smolling 5, Ibanes 4, Chelik 5, Kristante 4,5, Matich 5,5, Zalevski 5, Pellegrini 5,5, Dibala 5,5, Belotti 5, Shomurodov 6,5, Spinatstsola 5,5, Volpato (bahosiz), Bove (bahosiz), Kamara 6, Mourinyu 4,5.

IL ROMANISTA: Svilar 6, Manchini 5, Smolling 5, Ibanes 5, Chelik 5, Kristante 5,5 Matich 5,5, Zalevski 5,5, Pellegrini 6, Dibala 5.5, Belotti 5,5, Shomurodov 6, Spinatstsola 5,5, Volpato (bahosiz), Bove (bahosiz), Kamara (bahosiz), Mourinyu 5,5.

O‘RTAChA BALL: Svilar 5,85, Manchini 4,92, Smolling 5,07, Ibanes 4,92, Chelik 5,42, Kristante 5,21, Matich 5,57, Zalevski 5,35, Pellegrini 5,42, Dibala 5,78, Belotti 4,92, Shomurodov 6,21, Spinatstsola 5,28, Volpato 5.66, Bove 6, Kamara 5,91, Mourinyu 5,07.

c54485d163f3532a9a5a94ff1459ef03

Endi “Roma” Evropa ligasidagi ikkinchi uchrashuvini 15 sentyabr kuni “Olimpiko” stadionida Finlyandiyaning XIK jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ungacha Rim “bo‘rilari” A Seriyada “Empoli” mehmoni bo‘ladi. Bu bellashuv 12 sentyabrga belgilangan.

To‘purar legionerimiz Turkiya, Polsha, Qatar, Saudiya klublari taklifini rad etdi yoxud navbatda Germaniya jamoasi turibdi!

Shomurodov gol urganidan keyin o‘tkir fikr bildirdi!

Rasman! Shomurodovga qiziqqan murabbiy ishdan olindi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Восток
10/09/2022 10:32
Газни боссс Элдор. Буш келма
&
kurbonov
11/09/2022 10:00
факат мактаниш
SAMARIDDIN AMUR GPZ UZB
10/09/2022 13:21
Har bir imkoniyatdan unumli foydalan Eldor, OMAD