
Italiya kubogi. "Yuventus" keyingi bosqichda, Vlaxovich esa yana gol urdi
Italiya kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Sassuolo" o‘yini yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda turinliklar 2:1 hisobida raqibidan ustun keldi.
Dastlab, Dibala 3-daqiqada hisobni ochdi. 24-daqiqada Traore muvozanatni tikladi. Asosiy vaqt tugashiga yaqin Vlaxovich "keksa sinora"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Turin klubi Italiya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi.
Fikrlar