
Italiya kubogi. "Milan" yirik hisobda g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi
Italiya kubogi 1/4 final bosqichidan o‘rin olgan "Milan" - "Latsio" bahsi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 4:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda gollarni Leau (24-daqiqa), Jiru (41, 45+1-daqiqalar) va Kesse (79-daqiqa) o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Mazkur natijadan so‘ng "Milan" Italiya kubogining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, "Latsio" esa musobaqani tark etdi.
Fikrlar