Italiya futbolida hali bunaqasi bo‘lmagan

  • 9 aprel, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyada yakka peshqadam bo‘lib turgan “Inter” 31-tur uchrashuvida safarda  “Udineze” ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Bu natija milanliklarga ajoyib rekord taqdim etdi. “Inter” A Seriyaning 1-turidan 31-turigacha har bir uchrashuvda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan birinchi jamoaga aylandi.

Chempionat yakunlanishiga etti tur qolganida “Inter” 82 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda va eng yaqin ta’qibchisi “Milan”dan 14 ochkoga o‘zib ketgan.

Simeone Indzagi shogirdlari en ko‘p – 75 ta gol urgan va eng kam – 15 ta to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa hisoblanadi.

“Inter” bu mavsum faqat bir marta – 6-turda kutilmaganda “Sassuolo”dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Qolgan o‘ttizta bellashuvda 26 ta g‘alaba va to‘rtta durang qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!