
Italiya A Seriyasi. Di Mariya qizil olgan bahsda "Yuventus" kutilmaganda mag‘lub bo‘ldi
A Seriya 7-turidan o‘rin olgan "Montsa" - "Yuventus" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda mezbonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Mezbonlar safida gol Gyutker hisobiga yozib qo‘yildi. Bu gol turinliklarni muhim ochkolardan mahrum etdi.
Shu tariqa, maydon egalari ochkolari sonini 7 taga etkazib oldi va jamoa jadvalda 15-o‘rindan joy olgan. "Yuventus" hisobida hozircha 10 ochko mavjud. Klub 8-pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar