
Istomin o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi!
O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Qozog‘istondagi musobaqada o‘z ishtirokini boshladi.
"Qozog‘iston Prezidenti kubogi"da qatnashayotgan hamyurtimiz bugun yakkalikda 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvni mezbonlar vakili Denis Evseevga qarshi o‘tkazdi. Dastlabki setni tay-brekda boy bergan Istomin keyingilarida raqibidan ustunlik qildi. Yakuniy hisob: 6:7(6:8), 6:3, 6:3.
Kun yakuniga qadar tennischimiz juftlik bahslarida ham kortga chiqishi rejalashtirilgan. Yakkalikdagi raqibi Evseev bilan tandem hosil qilgan Denis 1/8 final bosqichida Frederiko Silva hamda Tomas Maxak juftligi qarshiligini sindirishga harakat qilib ko‘radi.
Fikrlar