
Istomin chorak finaligacha etib borgan "Prezident Kubogi"da Safiullin g‘olib bo‘ldi
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahri mezbonlik qilgan "Chellenjer" turkumiga kiruvchi "Prezident Kubogi" nihoyasiga etdi.
Turnirning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida jahonning 151-raqamli raketka ustasi, Roman Safiullin bosh sovringa ega chiqdi. U hal qiluvchi bellashuvda mezbonlar vakili Denis Evseevdan 3 setda ustun keldi - 2:6, 6:4, 7:6.
Ma’lumot uchun, "Prezident Kubogi"da o‘zbekistonlik mashhur tennischi Denis Istomin ham kortga chiqqandi. Ammo u chorak finalda Beybit Jukaevga imkoniyatni boy bergan.
Fikrlar