
"Istiqlol"ning "Buxoro"ga qarshi o‘yini o‘tkazilmaydi. Klubning kubokdagi o‘rnini esa Birinchi liga ishtirokchisi to‘ldiradi
Farg‘onaning “Istiqlol” futbol klubi yuzaga kelgan iqtisodiy masalalar tufayli Pro ligadagi ishtirokini davom ettira olmasligi yuzasidan O‘zPFLga rasmiy xat bilan murojaat qildi. Endilikda mazkur masala O‘zPFL Ijroqo‘mi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi va klubning Pro liga qatnashchilari safidan chiqarilishi bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar tarqatdi.
“Istiqlol” futbol klubining murojaatiga asosan Pro liga 5-tur uchrashuvlari doirasidan o‘rin olgan va taqvimga ko‘ra 15 aprel sanasida o‘tishi lozim bo‘lgan “Buxoro” — “Istiqlol” uchrashuvi o‘tkazilmaydi.
Shuningdek, “Istiqlol” futbol klubi qur’aga ko‘ra O‘zbekiston kubogi “B” guruhidan o‘rin egallagan edi. Kubok bahslarida “Istiqlol”ning o‘rni O‘zbekiston kubogi ikkinchi saralash bosqichida mag‘lub bo‘lgan “Chig‘atoy” — “G‘ijduvon” qarama-qarshiligi g‘olibi bilan to‘ldiriladi.
Shu tariqa, O‘zbekiston kubogi uchinchi saralash bosqichida 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston kubogi uchinchi saralash bosqichi
13 aprel, seshanba
16:00 ZOMIN — RUBIN
15 aprel, payshanba
16:00 ChIG‘ATOY — G‘IJDUVON
Fikrlar