
"Istiqlol" o‘z maydonida g‘alaba qozondi, Amonov esa...
Eron chempionati 21-turidan o‘rin olgan "Istiqlol" - "Gol Goxar" to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Tehronliklar safida Artur Yamga dubl muallifiga aylandi. Mehmonlardan Tabrizi raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa, "Istiqlol" ochkolari sonini 51 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt jadvalning 1-pog‘onasidan o‘rin olgan.
"Gol Goxar" hisobida 32 ochko mavjud bo‘lib, klub 5-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Tehron klubi safida to‘p tepayotgan legionerimiz Azizbek Amonov ushbu o‘yinda 55 daqiqa harakat qildi.
Fikrlar