
"Istiqlol" murabbiyi: Umid qilaman, o‘ylaganlarimizni amalda ko‘rsata olamiz
Osiyo chempionlar ligasi 5-tur doirasidagi "Shabab Al-Ahli" - "Istiqlol" uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Dushanbe jamoasi yordamchi murabbiyi Mubin Ergashev ishtirok etdi.
"Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi yakuniga etmoqda. Jamoalarda 2tadan o‘yin qoldi, natijalar keyingi bosqich yo‘llanmasini hal etadi. Ertaga bizni qiyin o‘yin kutmoqda. "Shabab Al-Ahli" faqat g‘alaba uchun o‘ynaydigan jiddiy raqib. Bizning ham o‘z rejalarimiz bor. Umid qilaman, o‘ylaganlarimizni amalda ko‘rsata olamiz. Maydonda har narsa bo‘lishi mumkin. Shubhasiz, 3 ochko uchun kurashamiz", - dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, "Shabab Al-Ahli" va "Istiqlol" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bugun tunda 00:00da boshlanadi. "Istiqlol" ayni damda 7 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Dubay klubida esa 4 ochko mavjud.
Fikrlar