Iste’dodli futbolchi “Barsa”ni tanlaganidan afsusda

  • 28 mart, 2021, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Frantsiya chempionatida ijara asosida “Nitstsa” klubi sharafini himoya qilayotgan himoyachi Jan-Kler Todibo “Barselona”ga o‘tganidan afsusda ekanini bildirdi.

Tecno

- “Barselona” bilan shartnoma imzolaganimda raqobat kuchli bo‘lishi va muntazam o‘ynash qiyin ekanini bilganman. Menga professionallik etishmadi. O‘sha paytni nimani o‘ylaganimdan hayronman.

“Barselona”ga kelib, senga talab yo‘qligini bilish g‘alati. Men Kataloniyada zaxirada o‘tirishdan ko‘ra, to‘rtinchi divizionda bo‘lsa ham o‘ynashni afzal ko‘raman. Futbolda boshqalarning fikrini qabul qilib bo‘lmas ekan, depressiyaga tushib qolish mumkin. Men 2019 yili chempion bo‘ldim, lekin o‘sha mavsumda jamoaga hech qanday yordamim tekkani yo‘q. Sovrin qo‘lga kiritilgandan keyin o‘ynay boshladim, - dedi Todibo.

“Barselona”ning asosiy tarkibiga kirolmay ikki mavsumdan beri ijarada yurgan frantsiyalik yosh futbolchining kataloniyaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!