"Istanbul Bashakshehir"da murabbiy almashishi mumkin
Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev harakat qilayotgan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubida murabbiy o‘zgarishi kutilmoqda. Ayni paytda jamoani boshqarayotgan Chag‘dash Atan iste’foga chiqarilishi mumkin, deya xabar bermoqda "FotoSpor" nashri.

Manbaning ta’kidlashicha, transferlar amalga oshirilgan bo‘lishiga qarmay, yaxshi natijalar qayd etilmaganidan keyin rahbariyatning uni ishdan olish ehtimoli yuqori. Yangi murabbiylikka nomzodlar orasida esa Nuri Shahin birinchi raqamli bo‘lib turibdi.
Shahin ayni paytda ishsiz bo‘lib. U so‘nggi martda "Borussiya"da dastlab yordamchi, keyinchalik esa bosh murabbiy sifatida ishlagan edi.

"Bashakshehir" Konferentsiyalar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Jamoani oldinda Turkiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan "Eyupspor"ga qarshi bahs kutib turibdi.



Fikrlar