
Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi oshkor qilindi
Matchroom promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hird hamyurtimiz Isroil Madrimov bilan bog‘liq rejalarni oshkor qildi. Unga ko‘ra, Mardimov navbatdagi jangini super yarim o‘rta vaznda (69,8 kg) WBA reytingida 3-o‘rinda borayotgan britaniyalik Jeyms Metkalfga qarshi o‘tkazishi mumkin.
Hozirda ushbu bahs statusini belgilash bo‘yicha WBA'ga taklif yuborilgan bo‘lib, agarda tasdiqlansa kamar uchun bo‘lishi ehtimoli ham bor.
Madrimov professional faoliyati davomida 10 ta jang o‘tkazib, 9 tasida (6 nokuat) g‘alaba qozongan. Uning hisobida bitta texnik durang ham bor. U oxirgi jangini o‘rta vazn toifasida o‘tkazib, Rafael Igbokveni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etgan.
Jeyms Metkalf esa bu borada anchagina tajribali hisoblanadi. U 27 ta jang o‘tkazib, 25 tasida (15 nokaut) raqiblarini mag‘lub etgan. Oxirgi marta Denis Hogan ustidan ochkolar bo‘yicha ustun kelgan.
Fikrlar