
Isroil Madrimov yana bir yulduz bilan jang qilishi mumkin!
Turki Al Al-Sheyx Verjil Ortis uchun raqib izlamoqda va 3 raqibni orasida hamyurtimiz Isroil Madrimov ham bor. Barchasi muzokaralarga bog‘liq. Albatta, bu jangning bo‘lish ehtimoli pastroq. Biroq, agar amalga oshsa, yana bir super jangning guvohiga aylanamiz.
"Biz Ortis uchun 3 eng zo‘r raqiblarni tanladik. Ortis uchun 3 ta ideal jangchilar bor. Agar, Krouford jang qilishni istamasa 3 xil variantga egamiz. O‘ylashimcha bu raqiblar Ortis uchun eng munosiblaridir. Birinchisi, Isroil Madrimov va u bu jangga xaqli nazarimda. Ikkinchisi, Jaron Ennis u ham bu jangga loyiq. Va albatta Tim Tszyu, lekin men Tszyu bilan ishlashni xohlamayman. U menga o‘rtamizda nima bo‘lganini tushuntirib berishi kerak. Bu unga yo‘llangan aniq xabar",- dedi Turki Al Ash-Sheyx.
Fikrlar