Isroil Madrimov Norberto Gonsalesga qarshi jangdan so‘ng nimalar dedi?

  • 9 iyun, 2019, 14:23
  • 2
  • Boks
CHERY AUTO

Mahoratli sportchimiz meksikalik Norberto Gonsalesni 6-raundda texnik nokautga uchratishga erishdi. Jangdan so‘ng Isroilning fikrlari bilan qiziqdik.

Tecno

"Shukurki, barchasi biz o‘ylaganday kechdi. Jangni 5-6-raundlarda jangi tugatishni rejalashtirgan edik. Chunki, raqib kuchli bokschilar bilan kuch sinashganiga qaramay, deyarli hech kim uni ringga qulata olmagan edi. 8, 10, 12 raundlik janglar o‘tkazgan va bardoshili edi. 

Taktikalarni shunga qarab tuzib chiqqan edik va barchasi o‘xshadi. Keyingi raqiblar endi ma’lum bo‘ladi", - dedi Madrimov.

Shahzod Xolboev, SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АС МИЛАН
09/06/2019 14:28
Яшавор ўғил бола отангга рахмат !
&
+998942414239
09/06/2019 18:28
гап юк малатси угил бола