Ispaniyalik mutaxassis O‘zbekistonda yana 1 yil qoladigan bo‘ldi

  • 15 noyabr, 2022, 21:49
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Metallurg" boshqaruvida yaxshi natijalar qayd etib kelayotgan Luisma Ernandes O‘zbekistonda yana 1 yil qoladigan bo‘ldi.

Tecno

Klub matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bekobodliklar u bilan yangi shartnoma imzolagan. "Jamoa rahbariyati “Lokomotiv”ga qarshi o‘tkazilgan oxirgi uchrashuvidan keyin Luisma Ernandesning bo‘lg‘usi mavsum rejalarini muhokama etdi. Yakunda 2023 yilgi milliy chempionatda ham hamkorlik davom ettirilishiga kelishib olindi", deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, "ma’danchilar" ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida joriy mavsum O‘zbekiston Superligasida 32 ochko bilan 10-pog‘onani band etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!