
Ispaniyalik jurnalist Lamin Yamalning otasini tanqid qildi
18 yoshli "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri "Oltin to‘p" uchun ovoz berishda ikkinchi o‘rinni egalladi. Mukofot PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Usmon Dembelega topshirildi.
Marosimdan so‘ng Laminning otasi Munir Nasraui: "Kelasi yil – bizniki", – dedi. Shuningdek, u: "Nimadir g‘alati holat yuz berdi. Lamin – dunyodagi eng yaxshi futbolchi. Uning raqobatchilari yo‘q", – deya qo‘shimcha qildi.
"Radio Marca"ning "La Tribu" dasturida qatnashgan ispan jurnalisti Rikardo Reyes esa bu fikrlarga tanqid bilan yondashdi:
"Menimcha, marosim adolatli o‘tdi. G‘oliblar qanday qabul qilishni, mag‘lublar esa qanday toqat qilishni biladi. Ammo Yamalning otasi chiqib kelishi bilan vaziyat o‘zgardi. U o‘g‘liga yordam emas, aksincha, zarar etkazmoqda. Otasi qanchalik kamroq jamoatchilik oldida bo‘lsa, shunchalik yaxshi", – dedi Reyes.
Fikrlar