
Ispaniyalik basketbolchilarning siri fosh bo‘lgani haqida eshitganmisiz?
2000 yil Sidneyda bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida aqli zaif sportchilar o‘rtasidagi basketbol musobaqasining final uchrashuvida Ispaniya terma jamoasi Rossiyani mag‘lub etib oltin medalga sazovor bo‘ldi. Ammo, oradan ma’lum vaqt o‘tgach, oltin medal sohiblaridan biri hisoblangan jurnalist Karlos Ribagorda Sidneyda zafar quchganlardan faqatgina 2 tasi chindan nogiron ekani, qolganlari esa, jumladan, uning o‘zi ham o‘zlarini xuddi nogironlardek tutishganini aytgan. Shundan so‘ng, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi ispanlardan oltin medallarni olib qo‘ygan va Rossiya terma jamoasini g‘olib deb e’lon qilgan. Keyinchalik esa aqli zaif sportchilar o‘rtasidagi musobaqalar Paralimpiya o‘yinlari dasturidan butkul chiqarib yuborildi.
Faqatgina 2012 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlariga kelib aqli zaif sportchilar ishtirok etuvchi ayrim sport turlariga ruhsat etildi. Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi esa yuqoridagi kabi ehtimoliy firibgarlik ustidan nazoratni yanada kuchaytirdi.
Fikrlar