
Ispaniyadagi ko‘chalarning biriga Iliya Topuriya nomi berildi
25 mart kuni UFC jangchisi Iliya Topuriya Ispaniyaning Toledo shahar meri bilan uchrashdi. Yig‘ilishda shahardagi ko‘chalarning biriga 28 yoshli jangchi nomi berilishi e’lon qilindi: “Paseo Ilia Topuria" (ispancha: Ilia Topuriya qirg‘og‘i/Ilia Topuriya o‘tish joyi). Bu haqda "Bloody Elbow" xabar bermoqda.
“Uchta madaniyatni birlashtirgan Toledodek shaharning ko‘chasiga nomim berilganidan juda xursandman” - dedi Topuriya matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, Iliya ikki fuqarolikka ega: ispan va gruzin. U 2012 yilda (15 yoshida) Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan.
Fikrlar