
Ispaniya ustozi futbolchilarga bergan motivatsiyasi haqida gapirdi
Luis de la Fuente Ispaniya terma jamoasi Italiyani mag‘lub etib, pley-off bosqichiga yo‘l olganidan xursand.
"Men futbolchilardan xursandman va ular bilan faxrlanaman. Kuni kecha men ular o‘ynashdan va g‘alaba qozonishdan charchamasliklari kerakligi haqida aytdim va ular buni yana bir bor isbotlashdi.
Uchrashuv biroz qiyin kechdi. O‘yinning barcha jabhalarida ustunlik qildik va ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo hisobdagi farq u qadar katta bo‘lmadi.
Evropa chempionatidagi har bir o‘yin boshqacha. Keyingi o‘yinlarda yaxshilanishimiz talab qilinadi va futbolchilar bunga qodir", - dedi "Qizil Furiya" ustozi.
Fikrlar