
Ispaniya terma jamoasining o‘ziga xos seriyasiga Germaniya barham bera oladimi?
Ispaniya terma jamoasi 17 noyabr kuni Millatlar ligasi doirasida Germaniya terma jamoasini qabul qiladi. Ispanlar musobaqa yarim finaliga chiqish uchun ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonishlari shart.
Qayd etish joiz, Ispaniya terma jamoasi so‘nggi olti uy uchrashuvida gol o‘tkazib yubormadi. Oxirgi marta 2019 yil 23 mart kuni "Evro-2020" saralashida Norvegiya terma jamoasiga qarshi bellashuvda "qizil furiya" o‘z darvozasidan to‘p olib chiqqan edi. O‘shanda Luis Enrike shogirdlari2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Shundan so‘ng, "Evro-2020" saralash bosqichida ispanlar Shvetsiya (3:0), Farer orollari (4:0), Malta (7:0) va Ruminiyani (5:0) mag‘lub etdi. Bu yil esa, Millatlar ligasi doirasida Ukraina (4:0) va Shveytsariya (1:0) terma jamoalari ham safarda Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi..
Ispaniyaning so‘nggi mag‘lubiyati 2018 yil 15 oktyabrda Angliyaga qarshi kechgan Millatlar ligasi doirasidagi bahsda yuz bergan edi.
Fikrlar