
Ispaniya superkubok finalida kim qancha ishlab oldi?
Ispaniya superkubok finalidan o‘rin olgan "Real" - "Barsa" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda madridliklar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinning 10-daqiqasigacha Vinisius ikki bora kataloniyaliklar darvozasini ishg‘ol qila oldi. Levandovski 33-daqiqada javob qaytargan bo‘lsa, taym so‘nggida Vinisius penaltini aniq amalga oshirdi. 64-daqiqada Rodrigo ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa, Anchelotti shogirdlari ikkita uchrashuvda umumiy 9 ta gol urgan holda Ispaniya superkubogini qo‘lga kiritdi. "Diario Sport" nashri xabariga ko‘ra, har ikki jamoa turnirdagi ishtiroki uchun 6 million evrodan ishlab oldi.
Finalga chiqqanini hisobga olsak, kataloniyaliklar 7 million oladi. Hal qiluvchi bahsda yirik hisobda g‘alaba qozongan (4:1) madridliklar Superkubok yakunlariga ko‘ra 8 million evro oladi.
Fikrlar