
Ispaniya Superkubogi. "Barselona" "Atletik"ni taslim etib, finalga yo‘l oldi
Ispaniya Superkubogining yarim finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Atletik" bahsi bo‘lib o‘tdi va unda kataloniyaliklar zafar quchdi.
Dastlab, Gavi hisobni ochgan bo‘lsa, Lamin oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Barselona" finalga yo‘l oldi. Klubning keyingi raqibi "Real" - "Malorka" uchrashuvida aniqlanadi.
"Atletik" 0:2 "Barselona"
Fikrlar