
Ispaniya so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (video)
UEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining 5-turida Shveytsariya o‘z maydonida qit’a grandlaridan biri bo‘lgan Ispaniyani qabul qildi.
Ta’kidlash kerakki, mezbonlar a’zosi Remo Froylerning 29-daqiqada kiritgan goli o‘yin yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolgunicha yagona bo‘lib turdi. Ammo Jerar Balagero 89-daqiqada gol urib ispanlarni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar